Loyiha haqida
Code AI
Platforma nomi: code-ai
Ushbu platforma kasb-hunar kollejlari va texnikum o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan zamonaviy raqamli ta’lim tizimidir. Platforma dasturlash fanini chuqur va interfaol o‘rganish imkonini beradi.
Loyihaning asosiy maqsadi:
Dasturlash fanini zamonaviy metodika asosida o‘qitish
O‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish
Sun’iy intellekt orqali bilimni baholash
Texnikumlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish
Platformada har bir mavzu quyidagi tarkibda yoritiladi:
📖 Mavzu bo‘yicha ma’ruza
🎥 Video dars
📊 Taqdimot (prezentatsiya)
🧩 Krossvord va interfaol topshiriqlar
🤖 AI orqali bilimni tekshirish
💻 Online kod yozish va AI tekshiruvi
📝 Test topshiriqlari
Shuningdek, platformada texnikumlar ro‘yxati va o‘quvchilar hamda ta’lim muassasalari o‘rtasidagi reyting tizimi mavjud.